Putin va Makron nega memlarga sabab bo‘lgan uzun stolda muzokara o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
Olam
−
11 fevral 2022
19443Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Moskvaga tashrifi chog‘ida PZS test topshirishdan bosh tortgani uchun u Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan memlarga sabab bo‘lgan uzun stol bilan ajratib qo‘yildi. Bu haqda Yelisey saroyidagi anonim manba OAVga ma’lum qilgan.
Makron va Putin joriy yilning 7 fevral kuni Moskvada uchrashib, Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilishdi. Suhbatdoshlar to‘rt metr uzunlikdagi stolning qarama-qarshi tomonlarida o‘tirishdi va bu matbuotda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Fevral oyi boshida Putin xuddi shu stolda Vengriya bosh vaziri Viktor Obran bilan muzokaralar o‘tkazgandi.
Makronga yaqin manbalarning “Reuters” agentligiga ma’lum qilishicha, Fransiya Prezidenti tanlov oldida turgan: yo u Rossiyada PZRga rozi bo‘ladi va Putinga yaqinlashishga ruxsat beriladi yoki u rad etadi va ijtimoiy masofani saqlaydi.
“Biz rad etish qo‘l berib ko‘rishmaslik va bu uzun stolni anglatishini tushungan edik. Lekin biz Prezidentning DNKsi ularning qo‘liga tushishiga yo‘l qo‘ya olmasdik”, degan manba sinovdan bosh tortish sababini tushuntirib.
Ikkinchi manbaning aytishicha, Makron ketishdan oldin frantsuz PZR testidan o‘tgan va Rossiyaga kelganidan keyin shaxsiy shifokori tomonidan antikor testi o‘tkazilgan.
LiveBarchasi