Putin va Erdo‘g‘an “Akkuyu” AESning uchinchi bloki qurilishini boshlab beradi

Olam

image

Rossiya va Turkiya rahbarlari Vladimir Putin va Rajab Toyib Erdo‘g‘an “Akkuyu” AES qurilishining asosiy bosqichini boshlash marosimida qatnashadi. Bu haqda “Rossiya 1” telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, tadbir joriy yilning 10 martiga rejalashtirilgan va videokonferensaloqa orqali o‘tkaziladi.

2018 yilda Rosatom Turkiyadagi “Akkuyu” AES qurilishini boshladi. Putin va Erdo‘g‘an birinchi energiya blokini yaratish bo‘yicha ishlarni boshlash marosimida qatnashdi. Turkiya rahbari buni “tarixiy lahza” deb atadi va to‘liq quvvati ishga tushganida AES Turkiyaning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojining 10 foizini qoplashi va mamlakatning gaz hamda ko‘mirga qaramligini kamaytirishini aytib o‘tdi. Qurilish 2023 yilgacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

“Akkuyu” – O‘rta Yer dengizi sohilidagi Mersin viloyatida VVER-1200 reaktorlari bo‘lgan to‘rt blokli atom elektr stansiyasi. Loyihaga yo‘naltirilgan jami sarmoya 22 milliard dollarga baholanmoqda. AES qurilishi to‘g‘risidagi bitim 2010 yil may oyida imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made