Putin va Baydenning kutilgan videomuloqoti boshlandi

Olam

image

Rossiya va AQSH Prezidentlari Vladimir Putin va Jozef Bayden ilk bor telekonferensaloqa formatida o‘tkazilayotgan ikki tomonlama muzokaralarni boshladi. 

Liderlar Ukraina atrofidagi vaziyat va NATOning sharqqa qarab harakatlanishi, strategik barqarorlik masalalari va ikki tomonlama kun tartibini muhokama qilishi kutilmoqda. Ular mintaqaviy xavfsizlik, jumladan, Afg‘onistondagi vaziyatga ham to‘xtalishlari mumkin. 

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, Putin va Bayden o‘rtasidagi muloqot ancha uzoq davom etishi mumkin. Suhbat, uning so‘zlariga ko‘ra, "qancha vaqt kerak bo‘lsa" davom etadi: bunday muloqotning aniq vaqti yo‘q. 

Putin Sochidagi qarorgohida amerikalik hamkasbi bilan aloqaga chiqdi. Rossiya Prezidenti Hindistonga tashrifini yakunlab, kecha Sochiga yetib kelgan edi.  

Suhbat ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi muloqot uchun mo‘ljallangan xavfsiz video aloqa orqali o‘tmoqda. U birinchi marta qo‘llanilmoqda. 

Ikki yetakchining bugungi suhbati Bayden Amerika prezidenti lavozimini egallaganidan beri beshinchi suhbatdir. Avvalroq ikki davlat rahbarlari uch marta telefon orqali gaplashgan, iyun o‘rtalarida esa Jenevada yuzma-yuz uchrashuv o‘tkazgan edi. Yakkama-yakka suhbat deyarli ikki soat davom etdi va har ikki tomonning fikricha, konstruktiv o‘tdi. 

Bayden Putin bilan gaplashishdan oldin yevropalik ittifoqchilar bilan muzokara o‘tkazgan.

AQSH Prezidenti Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya rahbarlari bilan Rossiya va Ukraina chegarasidagi vaziyatni muhokama qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

319

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing