Putin va Aliyev telefon orqali yana muloqot qildi
Olam
−
26 noyabr 2022
3130Rossiya va Ozarbayjon prezidentlari Vladimir Putin hamda Ilhom Aliyev bugun, 26 noyabr kuni, ya’ni shu haftada ikkinchi marta telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarni muhokama qildi.
“Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari o‘rtasidagi uch tomonlama kelishuvlarning butun majmuasini amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar ko‘rib chiqildi, bunda mintaqadagi transport-iqtisodiy aloqalarni blokirovkadan chiqarishning amaliy masalalariga e’tibor qaratildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Putin va Aliyevning avvalgi telefondagi muloqoti 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda yetakchilar Armaniston–Ozarbayjon chegarasida xavfsizlikni ta’minlash va Janubiy Kavkazda transport aloqalarini tiklash bo‘yicha Armaniston bilan uch tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilgandi. Ertasi, 23 noyabr kuni Putin Yerevanda KXSHT sammitida ishtirok etib, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bilan uchrashdi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi