Putin urushni AQSHdagi prezidentlik saylovlarigacha uzaytirmoqchi – OAV

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi urushni AQSHda 2024 yilgi prezidentlik saylovlarigacha uzaytirmoqchi. Bu haqda CNN telekanaliga AQSHning anonim rasmiysi ma’lum qildi.

Keltirilishicha, Vladimir Putinning Ukrainadagi urushga oid rejalari saylovgacha o‘zgarishi kutilmayapti. Yevropa diplomatining CNN telekanaliga aytishicha, urushning saylovgacha davom etishi aynan Putinning rejasiga mos keladi.

“U biladiki, agar sobiq prezident, respublikachi Donald Tramp yana hokimiyatga kelsa, yordam beradi. Shuning uchun u shu vaqtgacha urushni davom ettirmoqchi. Bu Putinga xos ssenariy”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, nashrda Amerika va Yevropa rasmiylari bunday ssenariydan xavotirda ekani ham qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovi kelasi yilning 5 noyabrida o‘tkazilishi belgilangan. Saylovda Demokratlar partiyasidan Jo Bayden, Respublikachilardan esa Donald Tramp qatnashadi. 

Shuningdek, oldinroq Tramp o‘zini Uchinchi jahon urushining oldini oladigan yagona shaxs deb atagandi. Bundan tashqari, mamlakatning sobiq rahbari uning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan suhbati Ukraina urushini bir necha yilga kechiktirganini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing