Putin Ukrainadagi urushni tezroq tugatmoqchi – Erdo‘g‘an

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning fikricha, Rossiya Ukrainadagi mojaroga imkon qadar tezroq barham berishga harakat qilmoqda. Bu haqda u Amerikaning “PBC  telekompaniyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“O‘zbekistonda men Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdim va u bilan juda chuqur muzokaralar o‘tkazdik”, deydi Erdo‘g‘an.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya rahbari bu ishni imkon qadar tezroq yakunlashga intilayotganini namoyish qilgan. 

Shuningdek, Erdo‘g‘an Ukrainada hozir ishlar ancha muammoli ketayotganini aytib, oldinga muhim qadam tashlanishiga umid bildirgan. Shu bilan birga,  ushbu jang tinchlik bilan yakunlanishini ta’minlashga harakat qilishini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Rossiya va Turkiya Prezidentlari muzokara o‘tkazdi. Uchrashuv yakunida Rossiya davlati rahbari Erdo‘g‘an unga Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar tashkil qilishni taklif qilmaganini ta’kidladi hamda Turkiya Prezidenti vaziyatni normallashtirish, jumladan, oziq-ovqat muammosini hal qilishda katta hissa qo‘shayotganini ta’kidlagan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing