Rossiyada norozilik namoyishlari boshlandi

Olam

image

Rossiya federatsiyasining bir qancha hududlarida muxolifat Aleksey Navalniyning tarafdorlari norozilik namoyishlari uyushtirmoqda. Oqibatda, ayrim hududlarda huquni muhofaza qiluvchi organ va miting ishtirokchilari o‘rtasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lmoqda.

Novosibirskda odamlar Qizil avenyu bo‘ylab Lenin maydoniga qarab yurgan. Ma’lumotlariga ko‘ra, mingga yaqin odam ko‘chaga chiqqan. Hibsga olingan sakkiz kishi haqida ma’lumot mavjud.

Vladivostokda politsiya namoyishchilarni kuch bilan tarqatib yuborgan. U yerda allaqachon 20 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Krasnoyarskdagi mitingda bir yarim mingga yaqin kishi qatnashmoqda.

Navalniy “Novichok” zaharidan zaharlangan, deb taxmin qilinadigan Tomskda odamlar shahar markazidan o‘tib ketgan. Mitingda 700 dan ortiq odam to‘plangan. Odamlar: “Putin – o‘g‘ri” va “Navalniy, biz siz bilan”, deya hayqirmoqda.

Kuzbassda 500 ga yaqin namoyishchilar Kemerovo shahar hokimligi binosiga yetib kelgan. Ko‘plab politsiyachilar yaqin atrofda joylashgan viloyat hokimiyati hududini o‘rab olgan.

Moskvaning Tverskaya ko‘chasi Pushkinskayadan “Manejnaya” maydonigacha politsiya tomonidan to‘silgan. Shuningdek, qo‘shni yo‘llar ham yopilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Moskva vaqti bilan soat 11:00 ga qadar butun Rossiya bo‘ylab norozilik aksiyalarida 15 mingdan ortiq odam qatnashmoqda. Namoyishchilarning aksariyati Vladivostok va Irkutskda – har bir shaharda uch mingdan ortiq kishi ishtirok etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

755

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing