Putin Si Szinpinga Bayden bilan nimalarni gaplashganini aytdi
Olam
−
15 dekabr 2021
6581Xabaringiz bor, bugun 15 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videoaloqa orqali muloqot o‘tkazdi.
Putin muloqot chog‘ida, o‘tgan hafta Amerika yetakchisi Jo Bayden bilan bo‘lgan suhbat haqida ham to‘xtalib o‘tgan.
Xususan, Putin Xitoy rahbariga Baydenni AQSH va NATO bosqichma-bosqich Rossiya chegaralariga harbiy infrastrukturalarini yaqinlashtirib kelayotgani va bu milliy manfaatlarga tahdid solayotgani haqida ogohlantirganini aytib o‘tgan.
Rossiya yetakchisi, shuningdek zudlik bilan AQSH va NATO bilan mamlakat xavfsizligini ta’minlashning xalqaro huquqiy kafolatlarini ishlab chiqish bo‘yicha jiddiy muzokaralarni boshlash zarurligini ta’kidlagan.
Unga ko‘ra, bu alyansning sharqda yanada rivojlanishi va qurol-yaroq joylashtirishiga to‘sqinlik qiladi. Putin Rossiyaga tahdid soluvchi tizimlar Ukraina va boshqa qo‘shni davlatlarga ham joylashtirilayotganini qo‘shimcha qilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 dekabr kuni Vladimir Putin va Jozef Bayden o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar Eron mavzusi, Ukraina muammosi, Donbass va yana ko‘plab mavzularda suhbatlashgan.
LiveBarchasi