Putin Samarqandda turib, G‘arbni “iqtisodiy hudbinlik”dan voz kechishga chaqirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatlarni o‘z siyosatlarida “iqtisodiy xudbinlik” va noqonuniy sanksiyalardan foydalanishni to‘xtatishga chaqirib, dunyoning yetakchi iqtisodiyotlarining tizimli xatolariga ishora qildi. Bu haqda u Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT)ning kengaytirilgan tarkibdagi sammitida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

“Bizning birlashmamiz bloklashmagan xarakterga ega, biz jahonning yetakchi iqtisodiyotida moliya va energetika sohasidagi qator tizimli xatolar natijasida yuzaga kelgan kuchayib borayotgan energetika va oziq-ovqat muammolarini hal qilishda ko‘maklashmoqdamiz. Umid qilamizki, iqtisodiy hamkorlikning boshqa ishtirokchilari ham o‘z siyosatlarini xuddi shu tamoyillar asosida quradilar va proteksionizm, noqonuniy sanksiyalar va iqtisodiy xudbinlik vositalaridan o‘z maqsadlari yo‘lida foydalanishni to‘xtatadilar”, deydi u. 

Putin Rossiya siyosatda har qanday “xudbinlik”dan xoli ekanligini ta’kidlagan.

Bunday siyosatning yorqin namunasi sifatida Putin Yevropa komissiyasining Rossiya o‘g‘itlariga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish haqidagi qarorini keltirgan.

“Oziq-ovqat muammosini hal qilishda o‘g‘itlar qanchalik muhimligini bilamiz. Biz, albatta, sanksiyalarni bekor qilish qarorini olqishlaymiz, biroq ma’lum bo‘lishicha, bu sanksiyalar Yevropa komissiyasining joriy yil 10 sentyabrdagi tushuntirishiga ko‘ra, faqat Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar uchun bekor qilingan. Ma’lum bo‘lishicha, bizning o‘g‘itlarimizni faqat ular sotib olishlari mumkin! Ammo rivojlanayotganlar haqida nima deyish mumkin? Dunyoning eng qashshoq davlatlari?”, dedi Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing