Putin Rossiyani “halokatli sirpanchiq” yo‘lga itarmoqda – Shols

Olam

image

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘z mamlakatini “halokatli sirpanchiq” yo‘lga itarib yuborayotganini aytdi. Bu fikrni u “Memorial” inson huquqlari markazi asoschilaridan biri Irina Sherbakovaga Germaniyaning “Marion Dyonxoff” rag‘batlantiruvchi mukofotini topshirayotganda bildirgan. 

“Putin Ukrainaga qarshi eng jirkanch jinoyatlarga buyruq bermoqda va shu bilan birga o‘z mamlakatini halokatli sirpanchiq qiyalikdan pastga tushirmoqda”, deydi hukumat rahbari.

Sholsning fikricha, Putin Ukraina bilan mojaroda “umidsiz yo‘ldan adashgan”.

“Tinch aholiga, bolalarga, ayollarga raketalarni uchirish orqali u nafaqat xalqaro huquqni buzadi, balki shu bilan birga aqlga sig‘maydigan ma’naviy tubsizlikka yo‘l ochadi”, deydi Shols.

Shuningdek, Germaniya kansleri Ukraina bu mojaroda mag‘lub bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlagan. Hamda Berlin Rossiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqmaguncha, Kiyevga yordam ko‘rsatishda davom etishga tayyorligiga ishontirgan.

Bundan tashqari, Shols Rossiya davlati rahbari bilan muloqotdan butunlay voz kechish katta xato bo‘lishini va uni qayta tiklash zarurligini aytib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

292

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing