Putin Rossiyaga qarshi kiberurush boshlanganini e’lon qildi

Olam

image

Rossiyaga qarshi kibermakonda keng ko‘lamli urush boshlandi, mamlakatga kiberhujumlar soni sezilarli darajada oshdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 20 may kuni RF Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

“Rossiya axborot infratuzilmasiga qilingan kiberhujumlar soni so‘nggi yillarda, aynan so‘nggi yillarda doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Xo‘sh, Donbassda, Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanishi bilan bu sohadagi muammolar yanada keskinlashdi va jiddiy tus oldi, ko‘lami ham kengaydi”, deya ta’kidladi Putin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga nisbatan haqiqiy tajovuz va urush aynan axborot makonida boshlangan.

Prezidentning fikricha, Rossiya Federatsiyasiga turli mamlakatlardan kiberhujumlar amalga oshirilmoqda va ular aniq muvofiqlashtirilgan. 

“Turli davlatlardan hujumlar uyushtirilmoqda, biroq ular aniq muvofiqlashtirilgan. Aslida bu davlat tuzilmalarining harakatlari”, deydi Putin.

Shuningdek, u kiberxujum qila oladiganlar allaqachon rasman ba’zi mamlakatlar armiyalarining bir qismi ekanligini eslatdi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga qarshi kibertajovuz, umuman olganda “sanksiya hujumi” barbod bo‘lgan. 

“Bugun aytish mumkinki, bizga qarshi kibertajovuz, umuman, Rossiyaga qarshi sanksiyalar allaqachon barbod bo‘ldi, umuman olganda, biz bu hujumga tayyor edik. Bu amalga oshirilgan tizimli ishlarning natijasidir”, deya qo‘shimcha qildi Rossiya yetakchisi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

776

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing