Putin prezidentlikdan ketgach, umrbod senator bo‘lmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga RF Federatsiyalar kengashini tuzish tartibi to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi. Hujjat mamlakat Konstitutsiyasiga tuzatishlar kiritshni nazarda tutadi.

Loyihada Rossiyaning muddati tugagan yoki ayrim sabab bilan muhlatidan avval lavozimni tark etgan sobiq Prezidentlariga umrbod senator bo‘lishga ruxsat berish taklif qilinyapti.

Prezident vakolati tugagach, 3 oy ichida faqat bir marta senator bo‘lish uchun ariza yuborishi mumkin bo‘ladi. Bu qonun qabul qilinguncha vakolati tugagan Sobiq Prezident qonun kuchga kirganidan keyin 3 oy ichida ariza topshirishi mumkin bo‘ladi.

Shu bilan birga Dumaga deputat va senatorlarning maqomi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ham kiritilgan. Hujjatda umrbod senator bo‘lgan sobiq Prezident ijtimoiy, daxlsizlik va umrining oxirigacha to‘lanadigan oylik pul ta’minotini saqlab qoladi.

Ma’lumot uchun, RFning amaldagi Prezidenti Vladimir Putin agar kelgusi saylovlarda nomzodini ilgari surib, g‘olib bo‘lsa, 2036 yilgacha hokimiyatga qolishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Vdadiir Putin

Baholaganlar

641

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar