Putin Prezidentlar davrasida rus tilining kuch-qudrati haqida irod qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish ularning tub manfaatlariga javob beradi, deb hisoblaydi. Bu haqda TASS yozmoqda. 

“Ishonchim komilki, MDH doirasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish mamlakatlarimiz xalqlarining tub manfaatlariga javob beradi, Hamdo‘stlik davlatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini yanada samarali hal etishga, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga yordam beradi”, deydi Rossiya prezidenti.  

Bular haqida davlat rahbari bugun, 26 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan MDHning norasmiy sammitini ochayotib, aytib o‘tdi. 

Putin MDH davlatlarining o‘zaro hamkorligi umumiy gumanitar makonni saqlash, fuqarolar o‘rtasidagi turli almashinuvlarni kengaytirish kabi muhim sohalarni qamrab olishini ta’kidladi. U Hamdo‘stlik mamlakatlari xalqlarini umumiy tarix, mushtarak ma’naviy ildizlar, chuqur chambarchas bog‘langan madaniyat va urf-odatlar, qadriyatlar, an’analar, ayniqsa,  MDHning ko‘pmillatli davlatlarini qudratli birlashtiruvchi kuch – rus tili bog‘lashini aytdi.  

Rossiya rahbari avvalroq 2023 yilda Rus tili yilini o‘tkazishga qaror qilinganini eslatdi.  

“Ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildirmoqchiman”, deydi u.

Putin rus tilining millatlararo muloqot tili sifatidagi maqomini qo‘llab-quvvatlash va oshirish, madaniyat sohasidagi yutuqlarni ommalashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli tadbirlar dasturi allaqachon ishlab chiqilganini ta’kidladi. Prezidentning urg‘ulashicha, mazkur tadbirlarning o‘tkazilishi MDH davlatlarining har tomonlama ma’naviy-madaniy boyishiga xizmat qiladi.

Putin Sankt-Peterburgga tashrif buyurish taklifiga javob bergan sammitning barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildirdi. U MDHning Qozog‘iston raisligida 2022 yilda olib borgan ishi natijalari barcha ishtirokchilar uchun muhim ekanini, Hamdo‘stlik tomonidan “olg‘a siljish natijalarini yodda tutishini” ta’kidladi.  

“Sizlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman, sizga, yaqinlaringizga, do‘stlaringizga, mamlakatlaringiz fuqarolariga sog‘lik, baxt-saodat, farovonlik tilayman”, deydi u. 

Rossiya davlati rahbari hamkasblariga norasmiy muloqotga o‘tishni, “norasmiy muhitda gaplashishni” taklif qildi. U bunday muloqot "odatdagidek juda samarali" bo‘lishini kutmoqda.

Sammitda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston rahbarlari ishtirok etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing