Putin Pashinyanga qo‘ng‘iroq qildi. U barcha tomonlardan tiyilishni so‘ragan
Olam
−
25 fevral 2021
9690Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Respublikadagi vaziyatni muhokama qildi. Armaniston tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbati haqida Rossiya rahbarining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tomonidan xabar qilindi.
“Armanistondagi vaziyat muhokama qilindi. Putin Armanistonda tartib va osoyishtalikni saqlash, vaziyatni qonun doirasida hal qilish tarafdori edi. Rossiya davlati rahbari ham barcha tomonlarni tiyilishga chaqirdi”, deydi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armanistonda siyosiy muvozanat izdan chiqqani, harbiylar mamlakat Bosh vaziri Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilgani va namoyishlar bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi