Putin neft narxining yuqori chegarasi joriy etilishiga javoban hujjatni imzoladi
Olam
−
27 dekabr 2022
14274Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ayrim davlatlar tomonidan neft va neft mahsulotlari narxlariga yuqori chegara joriy etilishiga javoban maxsus chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, shartnomalarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita xarajatlar chegarasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, hujjat neftni yetkazib berishni taqiqlaydi.
Narxlar chegarasi ostida neft yetkazib berishni taqiqlash 2023-yil 1-fevraldan kuchga kiradi va keyingi yilning 1-iyuliga qadar amal qiladi. Neft mahsulotlarini yetkazib berishni taqiqlash sanasi hukumat tomonidan belgilanadi.
Farmonda aytilishicha, Prezident narxlarning yuqori chegarasida taqiqlangan neft va neft mahsulotlarini yetkazib berishga maxsus ruxsatnoma berishi mumkin.
Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak o‘tgan haftada ta’kidlaganidek, Moskva Rossiya energiya resurslari uchun narx chegarasiga javob choralari tufayli neft qazib olishning qisman qisqarishini qabul qilishga tayyor – kuniga taxminan 500-700 ming barrel miqdorida. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap umumiy miqdorning besh-yetti foizi haqida ketmoqda.
Joriy yilning 5 dekabr kuni G‘arbning neftga qarshi sanksiyalari kuchga kirdi: Yevropa Ittifoqi dengiz orqali tashiladigan Rossiya neftini qabul qilishni to‘xtatdi, G7 davlatlari, Avstraliya va Yevropa Ittifoqi esa dengiz transportida uning narxini bir barrel uchun 60 dollar qilib belgiladi. Qimmatroq olib kelish va sug‘urta qilish taqiqlanadi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi