Putin muxolifatchi Navalniy nega qamoqqa “tashlanganini” aytdi
Olam
−
13 Oktabr 2021
14369Rossiyada muxolifat yetakchisi Aleksey Navalniy siyosiy faoliyati uchun emas, balki jinoyatlari, shu jumladan mamlakatdagi chet ellik tadbirkorlarga qarshi sodir etgan noqonuniy harakatlari uchun qamoqda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 13 oktyabr kuni energetika haftaligi yalpi majlisida aytib o‘tdi.
“Siz aytgan ayblanuvchilarga kelsak, ular siyosiy faoliyat uchun emas, balki jinoyatlari uchun, shu jumladan Rossiyada ishlayotgan chet ellik tadbirkorlarga nisbatan sodir etgan jinoyatlari uchun qamoqxonada. Kamiga bir necha bor. Bundan tashqari, ular qonunni buzganliklari uchun bir necha marta kechirilgan ham. Bu yakunda qandaydir oqibatlarga olib kelishi kerak edi”, deydi Putin.
Davlat rahbari, shuningdek, siyosiy faoliyat bilan o‘zini himoya qilib, boshqa jihatlar qatorida, iqtisodiy afzalliklarga erishish uchun ham jamiyatning ishonchini suiiste’mol qilmaslik kerak, degan fikrni bildirgan.
Ma’lumot o‘rnida, Navalniy hozirda qamoqda. Joriy yilning fevral oyida u “Iv Roshe” ishi bo‘yicha 3,5 yilga qamalgan. Bundan avval, 2020 yil avgustda Aleksey Tomsk shahrida zaharlangandi. O‘lishiga bir baxya qolgan Navalniy bir qator intervyu va chiqishlarida joniga suiqasd qilinishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Putinni ayblagan.
LiveBarchasi