Putin muhojir yigitni medal bilan taqdirladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Tojikistonlik mehnat muhojiri Parviz Kamolov Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning farmoni bilan diplom va esdalik medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Tojikiston Mehnat, migratsiya va bandlik vazirligining Rossiyadagi vakolatxonasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, muhojir Kamolov Rossiyada olib borgan mehnatlarining mahsuli sifatida “Umumrossiya o‘zaro yordam #Bizbirgamiz harakatini tashkil etishga qo‘shgan hissasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

Xabarga ko‘ra, mehnat muhojiri Rossiyada qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullanadi va Tojikistonda to‘plangan boy tajribasi tufayli qisqa vaqt ichida sezilarli yutuqlarga erishgan.

“Parviz Ahrorovich Rossiya Federatsiyasining shimoli-g‘arbiy okrugida 100 gektar qishloq xo‘jaligi yerlariga rasmiy ravishda egalik qilib, vatandoshlari bilan birgalikda organik sabzavotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

830

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing