Putin Mirziyoyevni qayta saylangani bilan tabrikladi
Jamiyat
−
10 iyul 2023 5012 1 daqiqa
Rossiya yetakchisi Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevni respublikada o‘tkazilgan Prezident saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml saytida ma’lum qilindi.
“Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi prinsipial yo‘lingizni yuksak qadrlaymiz. Ishonchim komilki, birgalikdagi sa’y-harakatlar ikki tomonlama aloqalarning barcha ko‘lami bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil rivojlantirish, mintaqaviy va xalqaro masalalarda muvofiqlashtirishni ta’minlaydi”, deyiladi Prezident telegrammasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyevni saylovdagi g‘alabasi bilan Turkmaniston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbarlari ham tabrikladi.
Live
Barchasi