Putin Mirziyoyev va yana 9 davlat rahbarini g‘alabaning 77 yilligi bilan tabrikladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 77 yilligi munosabati bilan 15 ta davlat fuqarolari va rahbarlariga tabrik yo‘lladi. Tabrik Kreml saytida e’lon qilingan. 

Qayd etilishicha, Putin g‘alaba munosabati bilan O‘zbekiston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova, Tojikiston, Gruziya, Ukraina, Turkmaniston, shuningdek tan olinmagan Abxaziya, Janubiy Osetiya, Donetsk  va Lugansk xalq respublikalari xalqi hamda rahbarlarini tabriklagan. 

Prezident o‘z tabrigida shu kuni “son-sanoqsiz qurbonlar va mashaqqatlar evaziga” natsizmni tor-mor etgan askarlar hamda front mehnatkashlariga hurmat, ehtirom ko‘rsatilishini urug‘ulagan. 

Shuningdek, Rossiya rahbari “turli mamlakatlarning odamlariga juda ko‘p azob-uqubatlar keltirgan” natsizmning qayta tiklanishiga yo‘l qo‘ymaslikni umumiy burch deb atagan.

Putin umumiy ma’naviy qadriyatlarni, urush yillari voqealari haqidagi haqiqatni va birodarlik do‘stligi an’analarini “asrab-avaylash va avlodlarga yetkazish” zarurligini aytib o‘tgan.  

Rossiya Prezidenti xorijiy davlat rahbarlari va fuqarolariga murojaat qilar ekan, front va front orti faxriylariga minnatdorlik so‘zlarini yetkazgan, ularga omonlik, uzoq umr va mustahkam sog‘liq tilagan. 

Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakatda nishonlanadigan 9 may – Xotira va yarashish kuni munosabati bilan ukrainaliklarga murojaat yo‘llagandi. Murojaatni u Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabadan 77 yil o‘tib, “Boshqa hech qachon” shioriga zid ravishda Ukrainada urush boshlanishiga bag‘ishlab, Rossiya ushbu urushni, zulmatni mamlakatga qaytarganini va natsizmni qonli tiklashni amalga oshirgani urg‘ulagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing