Putin Merkelning vorisi bilan Ukrainadagi vaziyatni muhokama qildi
Olam
−
21 dekabr 2021
6668Bugun, 21 dekabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Germaniyaning yangi saylangan kansleri Olaf Shols bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda Kreml Matbuot xizmati xabar berdi.
Rossiya Prezidenti suhbatdoshini Germaniya hukumatining rahbari sifatidagi faoliyatini boshlagani bilan tabriklab, mamlakatlar o‘rtasida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish va ularni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirgan.
Kreml xabarida ta’kidlanishicha Putin Sholsga Rossiyaning uzoq muddatli, qonuniy kafolatlangan xavfsizlik takliflari haqida ma’lum qilgan. Xavfsizlik taklifida, NATOning Sharqiy Yevropaga tomon siljishi va Rossiya bilan chegaradosh davlatlarda qo‘poruvchi qurollarni joylashtirishiga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligi bildirilgan.
Putin Moskvaning takliflari asosida ikki davlat o‘rtasida muzokaralar tashkil etilishiga umid bildirgan.
Rossiya Prezidenti Sholsga AQSH bilan tuzish taklif etilgan shartnoma loyihasining mazmuni va Rossiya Tashqi ishlar vazirligi dekabr oyida Vashington va uning ittifoqchilari, jumladan Berlinga topshirgan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha NATO bilan kelishuv haqida atroflicha izoh bergan.
Suhbat chog‘ida rahbarlar Donbassdagi fuqarolar urushiga barham berish masalasiga ham to‘xtalib o‘tishgan.
Donbassdagi vaziyatga izoh berarkan Putin, rasmiy Kiyev 2015 yilda tuzilgan Minsk shartnomasidagi burchlarini bajarishdan bo‘yin tovlayotganini ta’kidlagan. Unga ko‘ra Kiyevning harakatsizligi ikki davlat o‘rtasidagi nizoni hal qilish maqsadida “Normand” formatida yangi sammit o‘tkazishga to‘siq bo‘lmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Olaf Shols 2021 yil 8 dekabr kuni GFRning yangi kansleri etib saylangan. Bunga qadar esa, mamlakatni 2005 yilda hukumat tepasiga kelgan Angela Merkel boshqargan.
Behruz Saidov
LiveBarchasi