Putin MDHdan dollarni haydamoqchi
Tahlil
−
10 dekabr 2022
195419 dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti bo‘lib o‘tdi.
Yevrosiyo Iqtisodiy Kengashining yig‘ilishida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov ishtirok etdi.
Ittifoq sammitida kuzatuvchi davlat bo‘lgan O‘zbekiston nomidan Bosh vazir Abdulla Aripov qatnashdi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 9 dekabrga mo‘ljallangan Qirg‘izistonga tashrifi qoldirildi. Ha, bu tashrif rejasi va uning qoldirilgani haqida rasmiy Toshkent miq etgani yo‘q. Barcha ma’lumotlar, hatto, Aripovning ishtiroki haqida ham Bishkekdan o‘qidik.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining galdagi sammitida ahamiyatli jihat shundaki, bu Putinning Sadir Japarov prezidentligi davrida Qirg‘izistonga amalga oshirgan birinchi tashrifi. U oxirgi marta Qirg‘izistonga 2019 yilda, hokimiyatdan ag‘darilgan Prezident Sooranbay Jeenbekov davrida kelgan edi.
U aeroportdan prezidentlik saroyi tomon maxsus limuzinda harakatlangan.
Sammit davomida rahbarlar umumiy gaz bozorini shakllantirish va energetika sohasida idoralararo kengash tuzish, YeOII makonida integratsiyani yanada chuqurlashtirish, xizmatlarning yagona bozorini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Shuningdek, sammitda hujjatlarning butun to‘plami va Ittifoqning 2023 yilga mo‘ljallangan xalqaro faoliyatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
Dastavval, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov nutq so‘zlab, YeOII raisligini qo‘sh qo‘llab Rossiyaga topshirishga, unga yordam berishga tayyor ekanini aytdi.
“Qirg‘izistonning YeOIIga raisligi davrining oxirida men Rossiya Federatsiyasiga integratsiyani rivojlantirish va YeOIIni global iqtisodiyotda ilgari surish bo‘yicha mas’uliyatli missiyada muvaffaqiyatlar tilayman. Men birodar Rossiya tomoniga muvaffaqiyatli raislik qilishni va Qirg‘iziston unga har tomonlama yordam berishga tayyorligini bildirmoqchiman”, deydi u so‘zi avvalida.
Shuningdek, u Ittifoqning birgalikdagi muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlari natijasida oziq-ovqat tanqisligining oldini olish mumkinligini ta’kidlab, bunda ishtirokchi mamlakatlar hisob-kitoblarda milliy valyutalardan foydalanishga o‘tish uchun qaror qilgani muhim ahamiyatga ega bo‘lganini aytdi.
Rossiya Prezidenti Putin uning gaplarini tasdiqlar ekan, 2022 yilda Ittifoqning besh mamlakatiga misli ko‘rilmagan iqtisodiy bosim bo‘lganini davo qildi. Lekin uning aytishicha, mamlakatlar bosim sharoitida ham qishloq xo‘jaligini, ishlab chiqarish va qurilish sohasidagi hajmlarni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lgan.
Shuningdek, Prezidentlar umumiy gaz bozorini ham muhokama qildi. Endi imtiyozli yoqilg‘i tariflari iqtisodiy ittifoqning har bir a’zosiga muhtoj. Ittifoq davlatlari rahbarlari endi nafaqat BAA bilan, balki Hindiston, Misr va Indoneziya bilan ham erkin iqtisodiy zonalarni yaratishni jadallashtirishni taklif qilmoqda.
Sammitning eng g‘aroyib nutqini shubhasiz, Lukashenko o‘qidi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Uning aytishicha, kollektiv G‘arb mamlakatlariga siyosiy inqiroz yaqinlashib kelmoqda. Lukashenkoning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va Belarusga qarshi o‘ychan sanksiyalar bekor qilinmoqda.
“Endi ularning oqibatlarini tushunish va baholash vaqti keldi. Energetika va oziq-ovqat inqirozi haqidagi so‘zlar allaqachon barcha minbarlardan eshitilmoqda. Tez orada ba’zi mamlakatlarda bu ikki inqirozga uchinchisi – siyosiy inqiroz ham qo‘shilishi mumkinligini taxmin qilish uchun ishtirokchi bo‘lish shart emas. Alomatlar mavjud. Bir qator G‘arb davlatlarida birinchi navbatda aholi va biznesning ichki tanqidiy baholari tobora balandroq eshitilmoqda”, deydi Lukashenko.
Shuningdek, Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko dollar hukmronligi davri nihoyasiga yetayotganini aytdi.
“Birlashmamizning qon aylanish tizimini har qanday holatda ham yaxshilash kerak. Men moliya haqida gapiryapman. Dollar hukmronligi davri tugayotgani allaqachon hammaga ayon. Kelajak savdo bloklariga tegishli bo‘lib, ularda hisob-kitoblar milliy valyutalarda amalga oshiriladi”, degan Lukashenko.
Uning qayd etishicha, Belarus va Rossiya bazaviy hisob-kitoblarda allaqachon dollardan uzoqlashgan.
Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi mamlakatlari ittifoq hududi orqali tovarlarning tranzitiga cheklovlar qo‘yilishi mumkin emas. Buni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart aytdi. Uning kutilmagan fikrlari zalda o‘tirganlarni hayron qoldirdi.
“Menimcha, umumiy bojxona hududimiz orqali tranzit o‘tayotgan nafaqat Qozog‘iston, balki qozog‘istonlik tovarlarning harakatlanishini cheklash, kvotalar va hibsga olish bilan bog‘liq barcha holatlarga barham berish kerak bo‘ladi. Bunday cheklovlar YeOII doirasidagi iqtisodiy hamkorlikning maqsadlari va ruhiga mos kelmaydi”, degan u.
Qozog‘iston Prezidenti transportni kuzatish uchun navigatsiya muhrlaridan foydalanish to‘g‘risidagi bitimning kuchga kirishini tezlashtirishni taklif qildi.
“Bunday chora raqamlashtirishning integratsiya jarayonlariga ijobiy ta’sirining yaxshi namunasi bo‘lishi mumkin. Ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan davlat nazorati choralarini optimallashtirish iqtisodiy ittifoqning tadbirkorlik va transport va tranzit salohiyatini sezilarli darajada kengaytiradi. Ushbu shartnomani muddatidan oldin ratifikatsiya qilish muammoni hal qilishga yordam beradi deb ishonaman”, deya tushuntirdi Tokayev.
Qozog‘iston Prezidenti, shungingdek YeOII mamlakatlari 2020 yilda Yevrosiyo iqtisodiy integratsiyasini 2025 yilgacha rivojlantirish strategiyasini qabul qilganini eslatdi.
Putin nima dedi deysizmi?
U Rossiya neft narxining joriy chegarasi tufayli hech qanday yo‘qotishlarga duch kelmasligi, ammo iste’molchining narxni belgilashga urinishlari inqirozga olib kelishini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya G‘arb davlatlarining narx chegarasini joriy etish qaroriga javoban chora-tadbirlardan biri sifatida neft qazib olishni qisqartirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
“Bizning munosabatimizga kelsak, men allaqachon aytdim: biz bunday qarorlarni qabul qiladigan mamlakatlarga sotmaymiz. O‘ylab ko‘ramiz, ehtimol, men hozir bu qaror deb aytmayapman, agar kerak bo‘lsa, ishlab chiqarishni qisqartirish imkoniyati haqida o‘ylaymiz. Bizda OPEK+ bilan ishlab chiqarish maqsadi bo‘yicha mashhur kelishuvimiz bor. Agar kerak bo‘lsa, biz buni qo‘shimcha ravishda o‘ylaymiz. Men hozir Rossiyani nazarda tutyapman”, deydi Putin.
Shu bilan birga, Rossiya rahbari neft narxini cheklash qarorini ahmoqona, zararli va noto‘g‘ri o‘ylangan deb atadi.
Rublning barqarorligi Rossiya federatsiyasi sheriklarining iqtisodiyotiga foydali ta’sir ko‘rsatayotgani, Rossiyada asosiy mahsulotlar bilan bog‘liq muammolar yo‘qligi, Rossiya Federatsiyasi ham oziq-ovqat mahsulotlarini yaxshi narxlarda eksport qilayotganini faxr bilan tilga oldi.
“Rossiya iqtisodiyotidagi vaziyatni juda yaxshi deb atab bo‘lmaydi, retsessiya mavjud, ammo vaziyat ko‘plab mamlakatlarga qaraganda yaxshiroq”, degan u.
Shuningdek, u YeOIIda yagona gaz bozorini yaratish kerakligi haqida gapirib, bu ish yaqin ikki yilda amalga oshishi mumkinligini bildirdi.
Eng ajablanarlisi, Rossiya rahbari sammit tugagach, jurnalistlar bilan muloqot qilib, Bishkekdan o‘zi uchun maydon sifatida foydalandi.
Masalan, u Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston gaz sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishishi mumkinligini aytdi.
"Ularni (gaz bo‘yicha hamkorlik bo‘yicha qarorlarni) albatta, topish mumkin. Shu ma’noda, bu qandaydir energetik ittifoq bo‘lishi mumkin”, deydi u.
Uning urg‘ulashicha, Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi gaz sohasidagi hamkorlik yaxshi istiqbolga ega.
“Bu (gaz sohasidagi hamkorlik) yaxshi, katta, juda istiqbolli ish. Va kelajakka yaxshi istiqbollar bor. Biz ishlaymiz. Bu ish boshlandi”, deydi davlat rahbari.
U bunday hamkorlik ekspertlar darajasida tizimli ish olib borish, hisob-kitoblar, moliyaviy muvofiqlashtirish va har bir davlatning sarmoya kiritishda ishtirokini taqozo etishini ta’kidladi.
“Aytgancha, hamma tayyor. Bu qo‘shma ishni hamma xohlaydi, hatto qo‘shma sarmoya kiritishga ham tayyor”, dedi Putin.
Putin shuningdek, Ukrainadagi urushning, uning ta’biri bilan aytganda “maxsus harbiy operatsiya”ning borishi haqida jurnalistlarga izoh berdi.
Rossiya rahbariga ko‘ra, qo‘shimcha safarbarlik uchun hech qanday asos yo‘q. 300 ming kishining faqat yarmi jangovar bo‘linmalarga yuborilgan, qolganlari ― rezervidagi mashg‘ulot maydonchalarida yoki o‘quv mashg‘ulotlarida.
YeOII sammitida Prezidentlar 15 ta hujjatga imzo chekdi va Qirg‘iziston YeOIIning 2023 yilgi raisligini Rossiyaga topshirdi.
LiveBarchasi