Putin MDH rahbarlarini yana norasmiy sammitga taklif qildi
Olam
−
14 Oktabr 2022 9056 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil Davlatlar Hamdo‘sligiga a’zo davlatlar rahbarlarini 2022 yil oxirida Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan norasmiy sammitga taklif qildi.
“Biz Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrini 2023 yilda madaniyat poytaxti deb e’lon qilish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdormiz. Biz hamkasblarim bilan muhokama qildik: 2023 yil arafasida bo‘lajak madaniyat poytaxtida norasmiy uchrashuv o‘tkazish mumkin. Barchangizni mamnuniyat bilan taklif qilaman”, deydi davlat rahbari juma kuni MDH sammitida.
Yil davomida, qoida tariqasida, MDH Davlat rahbarlari kengashining bitta navbatdagi va bitta norasmiy majlisi o‘tkazilyapti. Xususan, 2021 yil 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi, 15 oktyabrda esa pandemiya sababli videoaloqa orqali tashkil etilgan rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2022 yildagi norasmiy sammit bir hafta oldin Peterburgda bo‘lib o‘tdi. 7 oktyabr kuni, 70 yoshga to‘lishi munosabati bilan Putin Sankt-Peterburg yaqinidagi Konstantinovskiy saroyida MDH davlatlari rahbarlarini jamladi. Aftidan bu yil norasmiy sammit ikki marta o‘tkaziladi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025