Putin MDH nomidan yakka o‘zi gapirib yubordi

Olam

image

MDH makonida muammolar, xavfsizlikka tahdidlar va kelishmovchiliklar kuchayib bormoqda, lekin asosiysi, Hamdo‘stlik mamlakatlari hamkorlikka tayyor. Bu haqda hamma nomidan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlat rahbarlarining norasmiy sammitida ma’lum qildi.

“MDH davlatlari hamkorligining asosiy yo‘nalishi umumiy Yevroosiyo mintaqamizda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Afsuski, bu sohada, birinchi navbatda, tashqaridan kelayotgan tahdid yildan-yilga ortib bormoqda. Tan olishimiz kerakki, Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar o‘rtasida ham kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Lekin asosiysi, biz hamkorlik qilishga tayyormiz vabuni amalga oshiramiz”, deydi Rossiya davlati rahbari. 

Putinning ta’kidlashicha, MDHga a’zo davlatlar rahbarlari, har qanday muammoli masalalar yuzaga kelgan taqdirda ham, ularni o‘zlari, birgalikda, o‘zaro yordam va vositachilik ko‘magida hal qilishga intiladi.

Rossiya davlati rahbari Hamdo‘stlik mamlakatlari terrorizm va ekstremizm, transchegaraviy jinoyatlar, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishi va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalarida aynan shu konstruktiv ruhda o‘zaro hamkorlik qilayotganiga e’tibor qaratgan. U o‘tgan yilda milliy xavfsizlik va razvedka idoralari, shuningdek, huquq-tartibot va ichki barqarorlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan boshqa tuzilmalar tomonidan tezkor aloqalar olib borilganini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1625

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing