Putin Markaziy Osiyo davlatlariga G‘arbning afg‘on qochqinlarini joylashtirish g‘oyasini tanqid qildi

Olam

image

Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbning AQSH va Yevropaga viza olishidan oldin Afg‘onistondagi qochqinlarni Markaziy Osiyo mamlakatlariga joylashtirish g‘oyasini tanqid qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Deylik, bizning g‘arblik sheriklarimiz AQSH yoki boshqa davlatlardan viza olishdan oldin qochqinlarni Markaziy Osiyo mamlakatlarida joylashtirish masalasini qat’iyat bilan ko‘tarishmoqda. Bu masalani hal qilishdagi sharmandali yondashuvdir”, degan Putin yakshanba kuni “Yagona Rossiya” partiyasi a’zolari bilan uchrashuvda. 

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti bu masala KXSHT sammitida va boshqa maydonlarda muhokama qilinishini, Rossiya Markaziy Osiyo respublikalari bilan doimiy aloqada ekanligini qo‘shimcha qilgan.

“Ular bizning eng yaqin hamkorlarimiz va ittifoqchilarimiz hisoblanadi. Biz ular bilan umumiy chegaraga egamiz, ammo viza tartibi yo‘q”, degan Putin Markaziy Osiyo davlatlariga kirgan qochqinlar Rossiyaga o‘tishi mumkinligiga ishora qilib.

U milliy xavfsizlikni ta’minlash eng muhim vazifa ekanini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

994

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing