Putin Lukashenkoni Ukraina bilan urushga kirishga ko‘ndirolmadi – ISW
Olam
−
20 dekabr 2022
9593Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus rahbari Aleksandr Lukashenkoni Ukraina bilan urush boshlashga ishontira olmagan ko‘rinadi, deb yozmoqda Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW).
“Minskdagi uchrashuvda Putin o‘z so‘zlariga ishontirmay, Lukashenkoning fikrlarini qabul qilgandek tuyulgani bu bahoni tasdiqlaydi”, deydi tahlilchilar.
ISW ekspertlari hali ham Belarus Ukrainaga qarshi Rossiya urushida ishtirok etishi ehtimoldan yiroq emas, deb hisoblamoqda.
Avvalroq Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin Lukashenko bilan Belarusning urushda ishtirok etishini muhokama qilmoqchi ekanligini inkor qilgan edi. Kreml bunday ayblovlarni asossiz deb hisobladi.
“Urush boshlanishidan bir necha kun oldin Peskov xuddi shunday yo‘l tutdi va Putinning Ukrainaga bostirib kirish niyatini qat’iyan rad etdi. Ammo Rossiya Prezidenti matbuot kotibining hozirgi so‘zlari, ehtimol, Putinning Lukashenkoni urushga jalb qilish istagini yashirishga urinishdir. Bu boradagi navbatdagi muvaffaqiyatsizlik esa yangi”, deydi tahlilchilar.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin kecha, 19 dekabr kuni bir kunlik ish safari bilan Minskka borishi va u yerda Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.
Sohiba Komilovna
LiveBarchasi