Putin Lukashenkoga bosim o‘tkazish uchun Belarusga boryapti
Olam
−
19 dekabr 2022
9475Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 19 dekabr kuni Minskka bo‘lajak tashrifi chog‘ida Belarus hukmdori Aleksandr Lukashenkoga ikki davlat integratsiyasi bo‘yicha imtiyozlarga erishish uchun bosim o‘tkazish niyatida. Bu haqda Amerika urushni o‘rganish instituti tahlilchilari bildirdi.
Qayd etilishicha, Kreml Belarus ustidan Rossiya nazoratini o‘rnatish uchun Ittifoq davlatidan foydalanishga intilmoqda. Institut ma’lumotlariga ko‘ra, Lukashenka o‘nlab yillar davomida qilganidek, Putinning talablarini rad etish uchun allaqachon axborot shartlarini yaratishga kirishgan.
“Minskka tashrif Putin 2023 yil qishida Ukrainada – ehtimol mamlakat shimolida yoki Kiyevda yangi hujum uchun sharoit yaratishga urinayotganidan dalolat berishi mumkin”, deb yozadi ekspertlar.
Hozirda Amerika urushni o‘rganish instituti Rossiyaning Ukrainaga Belarusdan bostirib kirishi xavfini past, ammo mumkin deb baholamoqda.
Biroq, qayd etilishicha, Putin va Lukashenko o‘rtasidagi uchrashuv hech bo‘lmaganda Ukrainaning irodasini va G‘arbning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini sindirishga qaratilgan alohida Rossiya axborot operatsiyasiga yordam beradi.
“Ushbu uchrashuv ukrainaliklar va g‘arbliklarni Rossiya Ukrainaga Belarusdan hujum qilishi mumkinligiga ishontirishga qaratilgan Rossiyaning axborot operatsiyasini kuchaytiradi”, deb yozmoqda institut
Putin 2019 yildan beri ilk bor Belarusga boryapti
Vladimir Putin bugun, 19 dekabr kuni Minskka amaliy tashrif bilan boradi va u yerda Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu Putinning Belarusga uch yildan ortiq vaqt – 2019 yil iyunidan beri birinchi tashrifi.
“Muzokaralar chog‘ida Rossiya-Belarus strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning asosiy masalalarini, shuningdek, Ittifoq davlati doirasida integratsiyaviy hamkorlikka e’tibor qaratish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan”, deydi Kreml matbuot xizmati.
Lukashenko, o‘z navbatida, Putin bilan uchrashuvda harbiy-siyosiy masalalar ham muhokama qilinishini aytdi.
“Biz harbiy-sanoat kompleksi masalasini ham chetlab o‘tmaymiz, mudofaa qobiliyati va xavfsizligi haqida ham gaplashamiz. Lekin asosiysi – iqtisodiyot”, deydi u Belarus-Rossiya hamkorligi bo‘yicha yig‘ilishda.
LiveBarchasi