Putin Kremldan haydalishi taxmin qilinmoqda

Olam

image

Britaniya Bosh shtabining sobiq rahbari, general Richard Dannat agar Ukrainaning qarshi hujumi muvaffaqiyatli yakunlanib, Rossiya armiyasi qulasa, Vladimir Putin Kremldan haydalishi mumkin ekanini aytdi. Bu haqda “Sky News” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ukraina harbiylari yoz oylarida ittifoqchilardan texnika hamda o‘q-dorilarni olgan holda muvaffaqiyatli qarshi hujumni o‘tkazishi mumkin. Bunday holat jang maydonida hal qiluvchi natijaga erishishning real imkoni bo‘ladi. Rossiya armiyasiga frontning ma’lum nuqtalarida berilgan bir nechta hal qiluvchi zarbalar rus armiyasining ruhiyatini buzadi.

“Ukraina kuchlari butun jang maydonida rus armiyasiga qarshi qaqshatqich zarba berishi shart emas. Shunchaki Rossiyani yetarlicha askarlarni yo‘qotganiga ishontirish kerak. Shunda ular mag‘lub bo‘ladi”, deydi general Richard Dannat.

Generalning fikricha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi 2023 yilda yakunlanishi uchun G‘arb yetarlicha harakat qilmagan. Biroq mojarodan norozi rus generallari Vladimir Putinni Kremldan haydab yuborishi mumkinligini ta’kidlagan.

“Agar Ukrainaning qarshi hujumi kerakli darajada yaxshi rejalashtirilib, qo‘llab-quvvatlansa va amalga oshsa, Putin o‘z-o‘zidan yetarlicha qarorlar qabul qilolmaydi. Agar uning armiyasi parchalansa, Putinning o‘zi ham Kremldan chiqarib yuborilishi ehtimoldan xoli emas”, deydi u. 

Shuningdek, general Putinning o‘rniga kim kelishini bashorat qila olmasligini bildirgan. Biroq Rossiyada ayni paytdagi eng norozi bo‘lgan qatlam bu generallar ekanini qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin, agar uning qo‘shinlari Baxmutdan chekinsa, butun front qulab tushishini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing