Putin koronavirusga qarshi qachon emlanishini aytdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 23 mart kuni koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanmoqchi. Bu haqda u vaksinatsiya bo‘yicha yig‘ilishda so‘z ochdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

“Men o‘zim emlanishni ertagayoq amalga oshirishni niyat qilganman”, deydi Putin.

Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskovning TASSga aytishicha, davlat rahbarini emlash “ommaviy tadbir”ga aylanmaydi. Putin qanday vaksina bilan emlanishi to‘g‘risidagi savolga javob berar ekan, Peskov bu Rossiyada ishlab chiqarilgan uchta vaksina - “Sputnik V”, “EpiVakKorona” yoki “KoviVak”dan biri bo‘lishini aytdi.

“Barchasi ishonchli va yaxshi”, deydi Peskov.

Putinning ta’kidlashicha, Rossiya vaksinalari mutlaqo xavfsiz va ishonchli. Bundan tashqari, boshqa biron bir xorijiy dori bu qadar yuqori darajadagi himoyani namoyish etmaydi.

Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 ga qarshi emlash ixtiyoriydir va har bir kishining o‘zi emlanish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak.

Peskov Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi 60 yoshdan oshgan odamlar uchun “Sputnik V” vaksinasini qo‘llashni ma’qullaganidan so‘ng Putin infeksiyaga qarshi emlashga qaror qilganini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing