Putin “xorijiy agentlar”ning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida reklama joylashni taqiqladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat fuqarolari va kompaniyalariga “xorijiy agentlar” resurslarida – ularning veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlari, bloglari va boshqa platformalarida reklama joylashtirishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Qonun normativ-huquqiy hujjatlar portalida e’lon qilindi. 

Qonun, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida va internetda "xorijiy agentlar"ning o‘z resurslarini reklama qilishini ham taqiqlaydi.

Davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning aytishicha, reklamani taqiqlash "xorijiy agentlar"ni bu orqali topadigan daromadining 50-80 foizidan mahrum qiladi. 

"Gap kamida besh milliard rubl haqida ketmoqda. Ulardan ba’zilari allaqachon loyiha yopilganini e’lon qilishgan, boshqalari esa  tahririyat xodimlarini qisqartirishni boshlab yuborgan", deydi Volodin. 

Ma’lumot uchun, chet el agentlariga tegishli reklamani taqiqlovchi qonun loyihasi 15 fevral kuni Davlat Dumasiga kiritilgan bo‘lib, uning mualliflari 395 deputat, jumladan, spiker Vyacheslav Volodin va fraksiya rahbarlaridan iborat.

Madina Otaboyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing