Putin: “Qo‘polliklarga Rossiyaning javobi assimetrik, tezkor va qattiq bo‘ladi”

Olam

image
0:00
0:00
download
Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi north_east

Gulnora Karimovaning qizi O‘zbekistonga qaytdi

Bugun, 21 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga an’anaviy murojaatini yo‘lladi. Tadbir Manej markaziy ko‘rgazma zalida bo‘lib o‘tdi.

Putin ushbu murojaatida, xalqaro manfaatlar va mamlakat xavfsizligiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Unga ko‘ra, rasmiy Moskva xalqaro siyosatda, boshqa mamlakatlar Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘pollik qilishlari va unga “yopishib olish”ni sportning bir turiga aylantirganiga qaramay, o‘zini eng “yuqori darajada tiyib turibdi”.

“Rossiya barcha davlatlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lishni xohlaydi, shuning uchun “ko‘priklarni yoqib yubormoqchi emas”. Ammo zarurat tug‘ilsa, uning qo‘polliklarga javobi “assimetrik, tezkor va qattiq” bo‘ladi. Shu bilan birga, Rossiya endi boshqa davlatlar bilan munosabatlarda qizil chiziqlarni har bir holatda alohida belgilaydi”, degan Rossiya Prezidenti.

Putinning aytishicha, Rossiya Qurolli kuchlarini rivojlantirishda davom etadi. Xususan, yadroviy triadada zamonaviy texnologiyalar ulushi 2021 yil oxiriga kelib 90 foizga yaqinlashadi.

“Shu bilan birga, Moskva global barqarorlikni qo‘llab-quvvatlaydi va butun dunyo uchun “xavfsizlik tenglamasini” yaratishni taklif qiladi”, deb ta’kidlagan Putin.

Sardor To‘lanboyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

511

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing