Putin Qirol Charlzga tabrik yo‘lladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ni taxtga o‘tirgani bilan tabrikladi. Putin Qirolga muvaffaqiyat, sihat-salomatlik va eng yaxshi tilaklarini bildirdi. Rossiya yetakchisining telegrammasi matni bugun, 10 sentyabr kuni Kreml saytida chop etildi. 

"Zoti Oliylari, taxtga o‘tishingiz munosabati bilan samimiy tabriklarimni qabul qiling. Zoti Oliylariga muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘liq va eng yaxshi tilaklarimni tilayman. Hurmat bilan, Vladimir Putin", deyiladi telegrammada. 

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Buyuk Britaniyaning yangi qiroli Charlz III (sobiq shahzoda Charlz) bilan shaxsan tanish. 2003 yilda Rossiya rahbari Buyuk Britaniyaga davlat tashrifi bilan kelganida (diplomatik protokol bo‘yicha eng yuqori darajadagi safar) aynan u Putin va uning rafiqasi bilan samolyot zinapoyasida uchrashib, Qirolicha Yelizaveta II nomidan salomlashgan edi. 

Ular oxirgi marta 2020 yilning yanvarida uchrashgan. Putin va Britaniya taxtining o‘sha paytdagi vorisi Quddusdagi Xolokost xotirasiga bag‘ishlangan forumda qo‘l berib ko‘rishdi. 

Charlz III xorijiy ko‘p tomonlama tadbirlarda, shuningdek, Rossiya Xavfsizlik Kengashi rahbari o‘rinbosari, turli yillarda mamlakat Prezidenti va Bosh vaziri bo‘lgan Dmitriy Medvedev bilan, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining amaldagi Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashgan. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 10 sentyabr kuni Charlz Filip Artur Jorj rasman Buyuk Britaniya va Shimoliya Irlandiya Birlashgan Qirolligining qiroli deb e’lon qilindi.

Vorislik kengashi Charlz III ni Buyuk Britaniyaning yangi qiroli deb rasman e’lon qildi.

Deklaratsiyani taxt vorisi shahzoda Uilyam, qirolicha-konsort Kamilla, Jamoalar palatasi rahbari va Kengash lord-raisi Penni Mordaunt, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Liz Trass va Kenterberi arxiyepiskopi darhol imzoladilar.

70 yildan ortiq hukmronlik qilgan Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 8 sentyabr kuni Shotlandiyada 96 yoshida vafot etdi. U 15 mamlakatda, shu jumladan Kanadada rasmiy davlat rahbari edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing