Putin qanday inson unga voris bo‘lishini aytdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin amerikalik jurnalistga bergan intervyusida o‘zining bo‘lajak vorisi haqida so‘z ochdi. U shaxsiy aloqalari va qarashlari turlicha bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘zidan keyin mamlakat rahbariga aylanishi mumkin bo‘lgan insonni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsaga tayyorligini aytdi.

“Agar shunday bir insonni uchratsam, hatto u mening faoliyatimning ba’zi sohalariga tanqidiy munosabatda bo‘lsa-da, biroq bu qarashlar konstruktiv bo‘lsa va Vatanga sadoqatli hamda ushbu yo‘lda bir necha yilni emas, balki butun umrini sarflashga tayyor bo‘lsa, u menga shaxsan qanday munosabatda bo‘lishidan qat’iy nazar, men bunday odamni qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilaman”, deydi Rossiya rahbari.

Shuningdek, Putin bo‘lajak vorisidan o‘zining xavfsizligi uchun kafolat olish haqida o‘ylamayotganini ham qo‘shimcha qildi.

“Men ushbu masala bo‘yicha qayg‘urmayapman. Bunday narsalar uchinchi darajali masala. Eng asosiysi — xalq va davlat taqdiri”, deydi Putin.

Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Putin 2000 yilning boshida o‘zidan avvalgi Rossiya Prezidenti Boris Yelsin hokimiyatdan ketganidan so‘ng, unga himoya taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

696

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing