Putin qadrdon “hamsoyasini” tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 30 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali gaplashib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

“Telefon orqali muloqot chog‘ida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan samimiy tabrikladi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, davlat rahbarlari Ukrainadagi vaziyatni ham muhokama qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Aleksandr Grigorevich Lukashenko 1954 yil 30 avgust kuni Belarusning Viteb viloyatida tug‘ilgan. Belarus siyosiy, davlat va harbiy arbobi. 1994 yil 20 iyuldan boshlab Belarus Qurolli Kuchlari Prezidenti va Bosh qo‘mondoni hisoblanadi.

Lukashenko 2001, 2006, 2010, 2015 va 2020 yilgi saylovlarda qayta saylangan. 2020 yilgi saylov natijalari ommaviy noroziliklarni keltirib chiqargan. Yevropa Ittifoqi, Kanada, AQSH, Buyuk Britaniya, Ukraina va boshqa bir qator davlatlar Lukashenkoni qonuniy Prezident sifatida tan olishdan bosh tortgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

105

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing