Putin Imomali Rahmonning rus tilini ommalashtirish harakatlarini olqishladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmonning rus tilini ommalashtirish borasidagi ishlarini yuqori baholadi. Bu haqda RF Prezidenti kecha, 25 avgust kuni yangi o‘quv yili oldidan o‘qituvchi va murabbiylar bilan olib borgan suhbatida aytib o‘tdi.

“Tojikiston Prezidenti Imomali Sharipovich Rahmon bunga katta e’tibor qaratmoqda. Biz hammamiz, aytmoqchimanki, chet elda, shu jumladan, Markaziy Osiyo respublikalarida rus tilini targ‘ib qilishdan manfaatdor bo‘lgan har bir kishi, buning uchun unga minnatdor bo‘lishlari kerak”, deydi Putin.

Rossiya davlat rahbari yaqinda Tojikiston Prezidenti bilan o‘zaro munosabatlarning dolzarb masalalarini muhokama qilganini aytib o‘tdi.

“Deyarli har doim, u [Rahmon] rus tilini rivojlantirishda Rossiyadan Tojikistonga yordam berish masalasini ko‘taradi. Biz hatto, bu borada aniq rejalarni ham bayon qildik”, deydi Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

141

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing