Putin G‘arbni o‘z qoidalari bilan yashashga majbur qildi – WSJ

Olam

image

G‘arb davlatlari Rossiyaga o‘z gapini o‘tkazish mumkin bo‘lgan zaif davlat degan tasavvurdan voz kechishi vaqti keldi. Bu haqda “The Wall Street Journal” yozmoqda.

Material mualliflari Yevgeniy Rumer va Endryu Vayslarning yozishicha, Vladimir Putin o‘zining prezidentlik davrida muhim sohalarda Moskvaning mavqeyini yaxshilash uchun barcha choralarni ko‘rishga muvaffaq bo‘ldi.

Ularning fikriga ko‘ra, Rossiya rahbari armiyani modernizatsiya qildi, xalqaro yonilg‘i savdosini yaxshiladi, o‘z mamlakatini do‘st davlatlar halqasi bilan o‘rab oldi va xorijiy hamkorlarga NATOga qo‘yiladigan asosiy shart Sharqqa kengayishdan bosh tortish ekanligini tushuntirdi.

“Vladimir Putin G‘arbning Rossiya o‘layotgan kuch ekani haqidagi g‘arazli qarashlarini va uning xalqaro maydonda o‘ziga munosib o‘ringa ega bo‘lishini shubha ostiga oluvchi qarashlarni yo‘q qildi. Rossiya yetakchisi 1960-yillardayoq Leningrad (Hozirgi Sankt-Peterburg) ko‘chalarida hayotiy saboqni chiqargan: jang muqarrar bo‘lsa, birinchi bo‘lib zarba berish kerak. U nisbatan kuchli davlatlarni u bilan uning shartlari asosida ishlashga majbur qilish ko‘nikmasiga ega bo‘ldi”, deydi jurnalistlar.

Tahlilchilarga ko‘ra, NATO va Kiyev o‘rtasidagi hamkorlikning kuchayishi bilan Moskva Ukrainani “Rossiya bilan chegarada to‘xtab turgan NATO aviatashuvchi kemasi” sifatida qabul qila boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1044

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing