Putin G‘alaba paradidagi nutqini Ukrainadagi urushga bag‘ishladi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 9 may kuni Moskvadagi G‘alaba paradida nutq so‘zladi. U nutqining asosiy qismini Ukrainadagi urushga bag‘ishlab, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi “majburiy chora” ekanligini yana bir bor ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yil boshidan beri Donbasda, Qrimni bosib olish uchun jazo operatsiyasiga tayyorgarlik Rossiya chegaralari yaqinida ochiq davom etgan va Kiyev yadro quroli yaratilishini e’lon qilgan. Bu xaqda “Deutsche Welle” ma’lum qildi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya “tajovuzkorlarga oldindan javob qaytardi”, u Moskvaning harakatlarini “majburiy, o‘z vaqtida qabul qilingan va yagona to‘g‘ri qaror” deb atadi.

Shuningdek, Putin amerikalik faxriylar Moskvadagi paradda qatnashmoqchi bo‘lgani, biroq ularga bu “taqiqlangani”ni ta’kidladi. Bundan tashqari, Putin “halok bo‘lganlar va yaradorlarning bolalarini alohida qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonni imzolaganini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Putin Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi bilan bog‘liq qarorlar haqida hech qanday bayonot bermadi. Avvalroq G‘arb siyosatchilari va tahlilchilari Putin paradda Ukrainaga qarshi urush e’lon qilishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi, biroq, buni Kreml hamon “maxsus harbiy operatsiya” yoki safarbarlik deb atamoqda. 

Eslatib o‘tamiz, g‘arb matbuoti turli darajadagi siyosatchilarga tayanib, 9 may kuni Putin Ukrainaga qarshi rasman urush ochishi haqida xabar tarqatgandi.

 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

421

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing