Putin Erdo‘g‘an bilan yadro qurolidan foydalanishni muhokama qildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni yadro qurolidan foydalanish rejasi yo‘qligiga ishontirdi. Bu haqda “Anadolu” agentligi Turkiya yetakchisining matbuot kotibi Ibrohim Kalinga asoslanib xabar berdi.

Ibrohim Kalinning so‘zlariga ko‘ra, har ikki Prezident o‘tgan yildan beri muzokaralar olib boryapti. Erdo‘g‘an Putinni “eskalatsiyani iloji boricha kamaytirishga” ko‘ndiryapti.

Kalinning aytishicha, hozircha “tomonlarning hech biri urushda g‘olib bo‘lib ko‘rinmayapti”, chunki frontda o‘sish yo‘q.

Diplomat Turkiya yana bir bor Rossiya va Ukrainani muzokaralarga qaytishga chaqirib, “bu vaqt ichida qurbonlar soni ortishi va yo‘qotilgan hududlar ko‘payishi mumkinligini aytib o‘tganini” qo‘shimcha qildi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin muntazam ravishda yadro qurolidan foydalanish haqida bayonotlar bermoqda. 24 fevral kuni urush boshlanishi munosabati bilan ruslarga murojaati chog‘ida u sodir bo‘layotgan voqealarga aralashishga qaror qilganlar “o‘z tarixlarida hech qachon uchramagan” javob olishlariga va’da bergandi.

Sentyabr oyida Putin hududiy yaxlitlikka tahdid yuzaga kelgan taqdirda Rossiya “ixtiyoridagi barcha vositalardan” foydalanishini aytgan edi. Ko‘p o‘tmay, Rossiya Ukrainaning to‘rtta viloyatini anneksiya qildi.

1 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainaning barcha hududlarini qaytarib olishi Rossiyaning mavjudligiga tahdid ekanligini aytdi.

2 noyabr kuni “The New York Times” gazetasi AQSH rasmiylari orasidagi manbalarga tayanib, rossiyalik generallar oktyabr oyida Ukrainada yadro qurolidan foydalanish variantlarini muhokama qilgani haqida xabar berdi. Shu bilan birga, nashrning ta’kidlashicha, hozirda Vashingtonda Rossiya zarbaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri texnik tayyorgarlik ko‘rishni boshlagani haqida hech qanday dalil yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

237

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing