Putin elektr krossover va boshqa yangi texnikalar bilan tanishdi
Texnologiya
−
18 yanvar 2023
14801Bugun, 18 yanvar kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin E-NEVA elektr krossoverining eksperimental namunasini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Putin mahalliy harbiy-sanoat majmuasining yetakchi korxonalaridan biri “Obuxov” zavodining “Olmaz-Antey” konsernidagi fuqarolik loyihalari namoyish etilayotgan sinov binosiga tashrif buyurib, zavod faoliyati bilan tanishgan.
Manbada aytilishicha, Putinga haydovchisiz modulli gaz-elektr platformasining tajriba namunasi ko‘rsatilgan. Uning asosida har xil turdagi kuzovlar va yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtomobillarni yaratish ko‘zlangan. Platforma tufayli E-NEVA avtomobillari ham sof elektr, ham gibrid gaz-elektr tortish tizimlari bilan jihozlanishi mumkin.
“Davom eting. Biz ichki bozorni kengaytirishimiz kerak. Ko‘p ish qilish kerakligini tushunaman, lekin taslim bo‘lmang”, degan Putin yutuqlardan mamnun bo‘lib.
Shuningdek, C toifadagi E-NEVA elektr krossoveri namunasini ko‘zdan kechirar ekan, Putin mashinaning old va orqa eshiklarni ochib, salondagi qulayliklarni tekshirgan. Keyin unga fuqarolik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan BAZ-S36A11 rusumli to‘liq uzatmali yuk mashinasi ham ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, Putin zavod tomonidan ishlab chiqarilgan tibbiy asbob-uskunalar, xususan, tibbiy maqsadlar uchun modulli robotlashtirilgan ekzoskelet, aerodromlar hududlarida yer harakatini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan “Mongust” mobil radiomayoqi bilan tanishdi.
Shuningdek, Rossiya rahbari aerodrom va hududiy havo harakatini boshqarish tizimlari xodimlarini o‘qitish va qayta tayyorlash uchun mo‘ljallangan “Larets”, “Gelios-1” 3D printerlari, “Sintez-TS” simulyatori bilan ham tanishgan.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi