Putin dunyoga xavf solayotgan tahdidlarni sanadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin butun dunyoga xavf soluvchi tahdidlar qatoriga ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, xalqaro jinoyatchilik, kiberjinoyatchilik va terrorizmni kiritdi. Bu haqda Vladimir Vladimirovich Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida aytib o‘tgan.

“Mintaqaviy qurolli to‘qnashuvlar, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalish xavfi, transchegaraviy jinoiy guruhlarning faolligi, giyohvand moddalar savdosi va kiberjinoyatchilar jiddiy xavotirga sabab bo‘lmoqda. Xalqaro terrorizm esa avvalgidek alohida tahdidligicha qolmoqda”, deydi Putin.

Uning ta’kidlashicha, ushbu muammolarning ko‘lami va global xarakteri barcha davlatlarning sa’y-harakatlarini birlashtirishni talab qiladi va bunday jamoaviy ishlar xalqaro huquq, BMT ustavining maqsadlari hamda tamoyillari asosida amalga oshirilishi kerak.

“Har qanday “yangi o‘yin qoidalari” aynan BMT homiyligida shakllantirilishi kerak. Boshqasi esa tartibsizlikka olib boradi”, deydi Putin.

Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, BMT tashkil topganidan beri xalqaro aloqalar tizimining asosi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Ushbu nufuzli hamda umume’tirof etilgan tashkilotning asosiy vazifasi — “global mojaro, yangi jahon urushining oldini olish”.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 22-24 iyun kunlari Rossiya poytaxtida Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha to‘qqizinchi Moskva konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu har yili Mudofaa vazirliklari, xalqaro tashkilotlar vakillari va nodavlat ekspertlarni global xavfsizlikning asosiy savollariga javob izlash uchun birlashtiradigan forumdir.

Eslatib o‘tamiz, ushbu konferensiyasi doirasida so‘zga chiqqan Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu NATO kuchlarining Afg‘onistonni tark etishi fonida mamlakatda avj olgan keskinlikka to‘xtalib, vaziyatni yechish uchun tezkor choralar ko‘rish va bunga xalqaro hamjamiyatni jalb qilish borasida fikr yuritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

285

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing