Putin Dumaga Ukraina hududlari bo‘yicha qonunlar kiritdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Davlat Dumasiga tan olinmagan DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilish to‘g‘risidagi federal konstitutsiyaviy qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda TASS nashriga Davlat dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

“Donetsk va Lugansk xalq respublikalari (O‘zbekiston tan olmagan – tahr.), Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kirishi to‘g‘risidagi to‘rtta federal konstitutsiyaviy qonun loyihasi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan Davlat Dumasiga taqdim etildi”, deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Hujjatga ko‘ra, DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlari Rossiya Federatsiyasi konstitutsiyasi va qonunchiligiga muvofiq yangi sub’ektlar – ikkita respublika va ikkita viloyatni tashkil etuvchi Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qabul qilinadi.

Rossiya Federatsiyasining yangi sub’ektining nomi Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining Rossiya hududlari ro‘yxati keltirilgan 65-moddasining birinchi qismiga kiritiladi.

2023 yil 1 yanvardan boshlab yangi tashkil etilgan sub’ektlarda byudjet qonunchiligi qo‘llaniladi va Rossiya rubli yagona pul birligiga aylanadi. Shu vaqtgacha esa u yerda Ukraina grivnasi muomalada bo‘ladi.

Davlat Dumasining Davlat qurilishi va qonunchilik qo‘mitasi rahbari Pavel Krasheninnikovga ko‘ra, 2023 yil 1 iyunga qadar yangi respublika va viloyatlarda federal ijroiya organlarining hududiy organlari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, 23-27 sentyabr kunlari Zaporoje viloyatining bosib olingan hududida, shuningdek, tan olinmagan DXR va LXR hamda bosib olingan Xerson viloyatida “Rossiyaga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar” o‘tkazildi. Zaporoje viloyatida protokollarning 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, qo‘shilish tarafdori 93,11 foiz, Xerson viloyatida - 87,05 foiz, DXRda - 99,23 foiz, LXRda - 98,42 foiz.

30 sentyabr kuni esa Putin Ukrainaning Donbass mintaqasidagi tan olinmagan Lugansk va Donetsk xalq respublikalari hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarini Rossiyaga qo‘shib olish, anneksiya qilish haqidagi shartnomalarni imzoladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing