Putin DXR va LXRni tan olishga qaror qildi

Olam

image

Vladimir Putin (tan olinmagan) Donetsk xalq respublikasi va Luganck xalq respublikasi mustaqilligini tan olish va tegishli farmonni imzolash niyatida. Bu haqda u Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muzokaralarda ma’lum qilgan. Yevropa Ittifoqi davlatlari bunga qarshi. 

Bugun, 21 fevral kuni kechqurun Kremli matbuot xizmati "Rossiya Prezidenti yaqin kelajakda tegishli farmonni imzolash niyatida ekanligini ma’lum qildi", deb xabar bergan.

Qayd etilishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Shols bu xabardan “xafa bo‘lgan”. 

Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi ikki tan olinmagan davlat – LXR va DXR mustaqilligini tan olmaslikka chaqiruvi bilan chiqqani haqida ma’lumot paydo bo‘ldi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel ma’lum qilgan. 

BMT ham Ukrainaning hududiy yaxlitligi tarafdori. Tashkilot "ushbu masala bo‘yicha bir tomonlama qarorlar qabul qilishdan tiyilishga" chaqirmoqda.

Ma’lumot uchun, bugun, 21 fevral kuni Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi rahbarlari Denis Pushilin hamda Leonid Pasechnik Rossiya Prezidenti Vladimir Putindan  respublikalarni tan olishni so‘radi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

766

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing