Putin burnini qanday sindirishganini esladi
Sport
−
11 Oktabr 2019
4086Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kecha, 10 oktyabr kuni Nijniy Novgorod shahrida o‘tkazilgan VIII-Xalqaro sport forumi davomida bokschilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Rossiya Boks federatsiyasining bosh kotibi Umar Kremlev Davlat rahbariga brilliant boks qo‘lqopini topshirdi.
Shundan so‘ng Prezident qisqa vaqt ichida bu sport bilan qanday shug‘ullanganini esladi. "Men birinchi shug‘ullangan sport turim boks hisoblanadi. O‘shanda burnimni sindirishgan. Shifokorga bormaganman. Vaqt o‘tib ketgan. Keyin esa men boshqa sport turiga borganman", dedi Putin.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin sambo kurashi ustasi hisoblanadi.
LiveBarchasi