Putin “Arqadag‘”ni tabriklagani qo‘yni-qo‘njini to‘ldirib bordi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 29 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Kaspiy sammitida ishtirok etish uchun Ashxobodga bordi. Rossiya rahbari Turkmanistonga quruq qo‘l bilan kelgani yo‘q. Bugun o‘zining 65 yoshini qarshilayotgan sobiq Prezident parlament yuqori palatasi raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga sovg‘a keltirgan Putin, “Arqadag‘”ga hadyalarini o‘z qo‘li bilan topshirdi. 

"Zlatoust ustalari tomonidan yasalgan shaxmat. Chavandoz haykali, ya’ni chavandoz va ot, uni mashhur Sankt-Peterburglik haykaltarosh Lanserning nevarasi yasagan. Shuningdek, ikkita qilich berildi – biri eski, biri yangi”, deydi u sovg‘alarni sanab. 

Putin Gurbanguli Berdimuhamedovni tabrilagach, uning o‘g‘li, Turkmanistonning amaldagi Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan qisqacha suhbatlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1166

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing