Putin Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi. Qorabog‘ yana muhokama markazida

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 8 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevga qo‘ng‘iroq qildi. Ular suhbat chog‘ida Tog‘li Qorabog‘ atrofidagi vaziyat, Ozarbayjon, Rossiya Prezidentlari va Armaniston Bosh vazirining 2020 yil 10 noyabr va joriy yil 11 yanvardagi bayonotlariga muvofiq holda vaziyatni yanada barqarorlashtirish masalalarini muhokama qilgan.

Ozarbayjon Prezidenti Matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, suhbat davomida mintaqaning tinchligi, xavfsizligi va izchil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, shuningdek, transport kommunikatsiyalarini tiklash bo‘yicha ishlarning borishi masalalari ko‘rib chiqilgan.

Shu bilan birga, 7 aprel kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya-Armaniston sammiti yig‘ilishi natijalari hisobga olingan. Turli formatdagi aloqalarni faollashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Rossiya Prezidenti Matbuot xizmati sahifasidagi xabarda ham aynan yuqoridagi ma’lumotlar keltirilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat o‘tgan yilning 27 sentyabrida keskinlashdi. 9 noyabr kuni Rossiya, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari 10 noyabrdan Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Rossiya tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘ viloyatiga yuborildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

201

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing