Putin AQSH va YeIni so‘zida turmaslikda aybladi
Olam
−
15 Sentabr 2022
12173Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Samarqanddagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Yevropa Ittifoqi va AQSHning nomuvofiqligini tanqid qildi. U shuningdek, G‘arb davlatlari olib borayotgan siyosat haqida kinoyali fikr bildirgan.
“AQSHning Moskvaga nisbatan cheklovchi choralariga kelsak, Tehron ularni hech qachon tan olmaydi va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlab, rivojlantiradi. Biz muzokaralardan qaytmadik, biroq butun dunyo Qo‘shma Shtatlar muzokara olib borishga qodir emasligini biladi. Ular o‘z majburiyatlarini buzmoqda. Shuningdek, hamma Yevropa Ittifoqi ham passiv holatda ekanligiga va o‘z va’dalarini bajarmayotganini biladi”, deydi Eron Prezidenti.
Bunga javoban, Rossiya Prezidenti kinoyali tarzda G‘arb davlatlari o‘z so‘zining egasi ekanligini, xohlasa va’da berib, xohlasa qaytarib olishini aytib o‘tdi.
Shuningdek, Raisiy Eron ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga jiddiy qarashini, ular strategik xususiyatga ega ekanligini qo‘shimcha qildi.
“Siyosiy, savdo-iqtisodiy, shuningdek, kosmik sohalarda hamkorlikni rivojlantirish davom etadi”, deydi Raisiy.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Eron boshqa davlatlar tomonidan ularga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi. Tehron bu ko‘rsatkich bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan edi, ammo Ukrainada "maxsus operatsiya" boshlanganidan keyin Rossiya birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Kreml esa Moskvaga nisbatan joriy qilingan cheklov choralarini noqonuniy deb hisoblaydi.
Farangiz Salimova
LiveBarchasi