Putin Afg‘onistondagi vaziyatdan xavotirda

Olam

image

Rossiya Afg‘oniston yana terrorizm, giyohvand moddalar, uyushgan jinoyatchilik markaziga aylanishidan xavotirda. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi bilan Dehlida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z ochgan.
  
Putin muzokaralarda Moskva Hindistonni yaqin siyosiy hamkori sifatida qarashini ta’kidlab, o‘zaro munosabatlarni “xalqlari do‘stona aloqaga ega buyuk davlatlar” deya ta’riflagan. 

Rossiya yetakchisi davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarga to‘xtalar ekan, joriy yilda ikki tomonlama savdo aylanmasi katta o‘sishga erishganini ta’kidlagan. 

“Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib, muntazam o‘sish erishmoqda. Agar o‘tgan yili o‘zaro tovar ayirboshlash 17 foizga qisqarganini kuzatgan bo‘lsak, joriy yilning to‘qqiz oyida o‘sish 38 foizdan oshdi”, deydi Rossiya rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatlar harbiy sohadagi aloqalarni rivojlantirmoqda, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda va bu yo‘nalishda bundan keyin ham hamkorlikda ishlashda davom etadi.

Rossiya rahbari Moskva va Dehli xalqaro maydonda faol hamkorlik qilishda davom etishini urg‘uladi. “Biz, shubhasiz, terrorizm va unga qarshi kurash, shuningdek, giyohvand moddalar, uyushgan jinoyatchilik bilan bog‘liq barcha narsalardan xavotirdamiz. Shu munosabat bilan, albatta, Afg‘onistondagi vaziyat va u qanday rivojlanayotgani bizni bezovta qilmasligining imkoni yo‘q”, deydi Putin.

Eslatib utamiz, ikki davlat rahbarlari AK-203 modelini Hindistonda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 590 mlnd dollarlik bitim imzoladi. Rejaga ko‘ra, Hindistonda 600 mingta Kalashnikov avtomatini ishlab chiqariladi.

Barno Dusiyarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

282

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing