Putin 90-yillarda kirakashlik qilgani haqida so‘zladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, “Rossiya 24” telekanalida namoyish etilgan “Eng yangi tarix” nomli hujjatli film uchun bergan intervyusida 1990-yillarda SSSR parchalangach, iqtisodiy qiyinchiliklar paytida kirakashlik qilib, pul topgani haqida so‘zlab berdi.

“Ba’zida taksi haydab, qo‘shimcha pul ishlashga to‘g‘ri kelardi. Bu haqda gapirish yoqimsiz, lekin, afsuski, shunday edi”, deydi Putin jurnalist bilan intervyuda.

Ko‘rsatuv boshlovchisi prezidentning so‘zlariga “o‘sha davrlarda ko‘plab kasb egalari o‘z sohalarida ish topishga qiynalishgandi”, deya qo‘shimcha qildi. 

Putin 1990-yillar oxirida unga Prezident ishlari mudiridan Moskvada ishlashga taklif bo‘lganida, boshqa chorasi bo‘lmagani uchun ushbu taklifni qabul qilganini aytgan.

Behruz Saidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

743

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing