Putin 230 mlrd AQSH dollarini “yuvish”da ayblanmoqda
Olam
−
21 may 2019
16618Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning amakivachchasi Igor Putin “Danske Bank”ning Estoniyadagi filialida tarixda yuz bergan eng yirik, 230 mlrd AQSH dollari miqdoridagi pul “yuvish” sxemasida ishtirok etgan.
Pul “yuvish” sxemasi tarixi haqida bankning sobiq menejeri Govard Uilkinson CBS telekanaliga so‘zlab bergan.
Uilkinsonning so‘zlariga ko‘ra, Daniyaning “Danske Bank” banki Estoniya filiali orqali har kuni 20 mln AQSH dollari miqdorida pul “yuvil”gan.
Uning aytishicha, pullar Britaniyada ro‘yxatga olingan Londondagi Lantana Trade firmasiga o‘tkazib turilgan.
Govard Uilkinson shubhali bitimlarni aniqlab, bu haqda bank rahbarlariga ma’lum qilgan. Ulardan hech qanday sado bo‘lmagach, Uilkinson boshqaruvni tark etib Angliyaga qaytgan.
“Menimcha, bu Rossiya Prezidentining amakivachchasi edi. U FSBga borib taqaladi. FSB esa KGBning vorisidir. Bu maxfiy politsiyasiga o‘xshaydi. Kompaniyani boshqargan odamlar Rossiyada bankrot bo‘lgan banklar bilan bog‘liq edi”, degan Uilkinson.
Manbaning qayd etishicha, Igor Putin boshqa pul “yuvish” sxemalarida ham gumonlangan va doimo suvdan quruq chiqqan.
LiveBarchasi