Putin 2021 yilda qancha pul topgani ochiqlandi
Olam
−
15 aprel 2022
16716Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 2021 yildagi daromadi 10 million 202 ming 616 rublni tashkil qildi. Bu Kreml saytida e’lon qilingan Putinning daromadlari, xarajatlari va mulki to‘g‘risidagi deklaratsiyasida aytiladi.
Hujjatga ko‘ra, Putinning 2021 yildagi daromadi avvlgi yilga nisbatan 207,9 ming rublga ko‘paygan. Chunki 2020 yilda Putinning daromadi 9 million 994 ming rublni tashkil qilgan.
Prezidentning 2017 yildagi daromadi rekord darajada qolmoqda. O‘sha yilda uning daromadi 18,7 million rublga teng bo‘lgan.
Prezidentning deklaratsiyadagi mulklari ro‘yxati o‘zgarmadi. Uning 77 kvadrat metrlik kvartirasi va 18 kvadrat metrlik garaji, ikkita GAZ M21 avtomobili, Niva avtomobili va Skif tirkamasi bor.
Davlat rahbarining 153,7 kvadrat metrlik kvartirasi ham mavjud bo‘lib, unda 18kvadrat metrlik garaj maydoni bor. Bu ob’eektlarning barchasi Rossiyada joylashgan.
Ma’lumot uchun, 2019 yilda Putinning daromadi 9,72 million rublni, 2018 yilda deyarli 8,65 million rublni, 2016 yilda taxminan 8,86 million rublni, 2015 yilda deyarli 8,9 million rublni tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat xizmatchilari va ularning oila a’zolarining daromadlari hamda mol-mulki to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat organlarining rasmiy veb-saytlari va ommaviy axborot vositalarida joylashtirish tartibi to‘g‘risidagi Prezident qarori 2009 yilda imzolangan edi. O‘shandan beri davlat rahbari, Bosh vazir, vazirlar, Kreml ma’muriyati xodimlari, Prezidentning tumanlardagi vakillari, Davlat dumasi deputatlari va Federatsiya Kengashi a’zolarining mulkiy ahvoli va daromadlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlari va rasmiy internet portallarida e’lon qilinadi.
2013 yilda mansabdor shaxslar va deputatlarni nafaqat daromadlari, balki katta xarajatlari haqida ham hisobot berishga majburlovchi qonun kuchga kirdi. Oliy mansabdor davlat xizmatchilari har yili 1 aprelga qadar o‘z daromadlari, shuningdek, turmush o‘rtoqlar va voyaga etmagan bolalarining daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni taqdim etishlari shart.
LiveBarchasi