Putin harbiy xizmatga chaqiriq to‘g‘risidagi farmonni imzoladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqarolarini kuzgi muddatli harbiy xizmatga chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan.

“2022 yil 1 noyabrdan 31 dekabrgacha Rossiya Federatsiyasining 18 yoshdan 27 yoshgacha bo‘lgan, zaxirada bo‘lmagan va muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak bo‘lgan fuqarolardan 120 ming kishini harbiy xizmatga chaqirish 2022 yil 1 noyabrdan 31 dekabrgacha bo‘lgan muddatda amalga oshirilsin”, deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, xizmat muddati tugaganlarni muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatish 1 oktyabrdan boshlab amalga oshirilishi kerakligi qayd etilgan.

Bosh shtabda ta’kidlanishicha, harbiy xizmatga chaqirilgan fuqarolar Ukrainada “maxsus harbiy operatsiya”ga jalb etilmaydi, xizmat muddati tugagan barcha chaqiriluvchilar esa o‘z vaqtida xizmatdan bo‘shatiladi va yashash joylariga jo‘natiladi. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu mamlakatda 21 sentyabr kuni e’lon qilingan qisman safarbarlik chaqiriluvchilarga taalluqli emasligini aytmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan bahorgi chaqiruv davrida 134 ming kishi harbiy xizmatga qabul qilingandi. O‘tgan yilning kuzida esa 127,5 ming kishi armiyaga chaqirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 21 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakatda qisman safarbarlik to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, 300 ming kishi, birinchi navbatda, jangovar tajribaga ega va qo‘shinlar uchun zarur bo‘lgan harbiy ro‘yxatga olish ixtisosligi bo‘yicha safarbar qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing